Горячая линия / Ishonch telefoni
Himoya effekti
BIFOLAK ACVITE va BIFOLAK NEO probiotiklari bolalarga kasal bo'lmaslikka va mavsumiy infeksiyalarni yengilroq o’tkazishga qanday yordam beradi?
Himoya effekti
BIFOLAK ACVITE va BIFOLAK NEO probiotiklari bolalarga kasal bo'lmaslikka va mavsumiy infeksiyalarni yengilroq o’tkazishga qanday yordam beradi?
Himoya effekti
Bizning organizmimiz ko’plab foydali va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalar uchun bir makondir. Odatda, foydali bakteriyalar ancha ko’p bo’lib, ularning miqdor jihatidan ustunligi zararli mikroorganizmlarni yakson qiladi va o’zimizni yaxshi his qilishimizni ta’minlaydi. Bu insonning sog'lom mikroflorasi bo'lib, u deyarli hayotimizning ilk kunlaridanoq bizda shakllanadi. Bola organizmida kattalardagi kabi jarayonlar sodir bo'ladi, ammo shuni anglash kerakki, bolalarning hazm qilish tizimi tashqi agressiv muhit ta'siriga juda sezgirdir.
Muvozanatning buzilishi
Bola organizmida yaxshi va yomon bakteriyalar o'rtasidagi muvozanatni buzishi mumkin bo'lgan bir qancha omillar mavjud. Bolalar kasalliklari bilan samarali kurashishga yordam beradigan antibiotiklar, bir vaqtning o’zida oshqozon-ichak yo’li mikroflorasiga zarar yetkazadi va foydali bakteriyalar sonini kamaytiradi. Bunday holda, organizm kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan ta’sirchan bo'lib qoladi, immunitet zaiflashadi va bola kasalliklarga yanada sezgir bo'ladi.
Mikrofloraning buzilishi meteorizm va qorinning dam bo’lishiga, shuningdek, ich kelishining buzilishiga olib keladi. Natijada, soch va tirnoqlarning holatiga yomon ta'sir qiladi, shuningdek, terida toshmalar paydo bo'lishiga sabab bo’ladi. Ko'pincha disbakteriozli bolalarda tez charchash, ishlash qobiliyatining pasayishi, asabiylashish, uyqu va kayfiyatning yomonlashishi kuzatiladi.
Paradoks shundaki, ko'pincha muvozanatning buzilishi quyidagilarni davolash paytida yuzaga keladi:
  • burun, quloq va tomoq yuqumli kasalliklari;
  • yuqori nafas yo'llari kasalliklari;
  • shamollash va gripp.
Probiotiklarni qo’llashning foydasi
To’g’ri, bola organizmida foydali bakteriyalar asta-sekin tiklanadi, ammo bu jarayon juda uzoq davom etadi. Bunday holda stabillashtirilgan probiotiklar (kapsula yoki stiklarda) yordamga keladi, ular organizmdagi foydali bakteriyalar sonini oshiradi. Agar ularning soni zararli mikroorganizmlardan sezilarli darajada yuqori bo'lsa, unda "himoya effekti" paydo bo'ladi: foydali bakteriyalar yomon bakteriyalarning ichak devorlariga yopishishiga va bola organizmiga salbiy ta'sir ko’rsatishiga yo'l qo'ymaydi.

Bu Maunt-Sinay tibbiyot maktabining (Nyu-York) klinik instruktori va tibbiyot fanlari doktori Vinsent Pedrening tadqiqotlari bilan tasdiqlangan. Uning ta'kidlashicha, probiotiklarni muntazam iste'mol qilish bolalar uchun juda foydali bo’lib, quyidagi hollarda yordam beradi:
  • zarar keltiruvchi bakteriyalarning ko'payishini nazorat qilish va ularning bola organizmiga ta'sirini kamaytirish;
  • yallig'lanish jarayonlarini kamaytirish;
  • antibiotiklarni qabul qilish davrida organizmning ichki funksiyalarini qo'llab-quvvatlash;
  • allergik ekzema xavfini kamaytirish.
BIFOLAK ACTIVE va BIFOLAK NEO probiotiklari
Bolaning organizmida zararli bakteriyalardan ko'ra foydali bakteriyalar ko'proq bo'lsa, immun tizimi ularga chalg'imasdan, virusli infeksiyalarga e'tibor qaratadi, bu tezroq sog’ayishga va yuqumli kasalliklarga nisbatan kamroq ta’sirchan bo’lish imkonini beradi. Ammo savol tug'iladi: bola organizmida kerakli miqdordagi foydali bakteriyalarni qanday qilib tez va samarali ravishda to'ldirish mumkin?

Bunda BIOTACT DEUTSCHLAND (Germaniya) kompaniyasi probiotiklari yordamga keladi:
  • BIFOLAK ACTIVE – 1 trillion foydali bakteriyalar (atigi 1 kapsula/stikda);
  • BIFOLAK NEO – 100 milliard foydali bakteriyalar (1 sasheda).

Bu yerda shuni ta'kidlash joizki, BIFOLAK ACVITE va BIFOLAK NEO tarkibida Lactobacilus Plantarum, Bifidobacterium Bifidum, Propionibacterium avidum va boshqalar kabi 8 turdagi inoq bakteriyalar mavjud. Bu shuni anglatadiki, kuniga atigi 1 kapsula yoki 1 stik bola organizmiga kerakli miqdordagi foydali bakteriyalarni bir zumda to'ldirishga yordam beradi, bu esa uning immunitetini avtomatik ravishda yaxshilaydi va organizmni nafaqat kasalliklardan, balki antibiotiklar bilan davolash oqibatlaridan ham himoya qilishga yordam beradi.

Natijada nimaga erishamiz? BIFOLAK ACVITE va BIFOLAK NEO ni muntazam ravishda iste'mol qilish farzandingizning o’zini yaxshi his qilishini ta'minlaydi va uning bolalar bog'chasida, maktabda va hattoki ko'chada sovuqqa chidamli bo'lishiga yordam beradi. Bu kuchli immunitetning kafolati!
Salomatlik va uzoq umr ko‘rish uchun nutrisevtiklar
o
“Biotact” MChJ
O‘zbekiston, 100109 Тoshkent
Farobiy ko‘chasi, 448J

Tel.: (+998 93) 555 17 47
E-Mail: contact_uz@biotact.de

Biotact Deutschland GmbH
Siemensstraße 10
53121 Bonn, Deutschland

Tel.: +49 (0)228 50 48 80 84
E-Mail: kontakt@biotact.de